Jahon | 13:05 / 26.12.2017
8231
1 daqiqa o‘qiladi

“Tom va Jyerri” multfilmi mualliflaridan biri 99 yoshida vafot etdi

Foto: Animation magazine

AQShda Disney, Warner Bros va Hanna-Barbera studiyalarida rassom-multiplikator bo‘lib ishlagan, Bagz Banni, Tom va Jyerri, Daffi Dak, Elvin va burunduqlar, dengizchi Papay multqahramonlari mualliflaridan biri Bob Givens 99 yoshida vafot etdi.

Rassomning vafot etgani haqida uning qizi “Feysbuk”da ma'lum qilgan. Qariya 13 dekabrda o‘tkir nafas yetishmasligidan vafot etgan.  

Givens maktabni bitirgach, 1937 yilda Disney studiyasiga ishga kirib, bu yerda Donald Dak va Oppoqoy haqidagi multfilmlar yaratilishida ishtirok etgan. U 1940 yilda Warner Bros studiyasiga o‘tib, u yerda quyoncha Bagz Banni multqahramonini yaratgan. Givens AQShning nomdor studiyalarida 60 yildan ko‘proq ijod qilib, bolajonlarning sevimli multqahramonlarini yaratish ishlari boshida turgan.