Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo mamlakatlari elchilarini qabul qildi
2018 yil 5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Doniyor Sidiqov, Tojikiston Respublikasi - Sodiq Imomiy, Turkmaniston - Shiri Shiriyev, Qozog‘iston Respublikasining muvaqqat ishlar vakili Mursal-Nabi Tuyoqboyevni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Vazir Toshkent shahridagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirishga doir takliflari bilan tanishtirdi. Ular O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning sentabrida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida va noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ilgari surilgandi.
Qayd etilishicha, tomonlar mintaqaviy kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Mavzuga oid
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
14:32 / 14.09.2024
Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi
13:29 / 14.09.2024
Beninning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistondagi vazifasini bajarishga kirishdi
11:51 / 14.09.2024