Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Beninning yangi tayinlangan elçisi (qarorgohi Moskva şahrida) Andre Akambi Okunlola-Biauni qabul qildi.
"Beninning Özbekistondagi elçisi Andre Akambi Okunlola-Biau janoblari bilan uçraşib, uning işonç yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari. – Özbekiston hukumati Afrika davlatlari bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirişdan manfaatdor. Biz hamkorlikning bir qator istiqbolli yönalişlari, jumladan, qişloq xöjaligi va töqimaçilik sanoatini muhokama qildik. Janob elçiga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Özbekiston va Ğarbiy Afrika mamlakati Benin örtasidagi diplomatik munosabatlar 2005 yil 17 avgustda örnatilgan.
60 yoşli Andre Akambi Okunlola-Biau 2021 yilda Rossiyadagi elçi etib tayinlangan. Bundan avval esa u bir neça bor Benin Milliy Assambleyasi (parlamenti) deputati etib saylangan.








