Jamiyat | 08:00 / 16.01.2018
20290
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Aloe Health – O‘rta Osiyodagi tabiiy shifobaxsh ichimlik O‘zbekistonda

Xonadonimizga mehmonlar tashrif buyursa, tug‘ilgan kun, bayramlar nishonlansa, dasturxonga barcha noz-ne'matlar ulashamiz. Biroq xilma-xil taomlarning birin-ketin tortilishi hammaga ham yoqimli kelmasligi mumkin. Sababi, ko‘plab insonlar xilma-xil taomlarning hazm bo‘lmasligi va noto‘g‘ri ovqatlanishdan aziyat chekib, oshqozon og‘rig‘iga duchor bo‘lishlari mumkin. 

Endi esa bunday xavotirga aslo o‘rin yo‘q. Chunki O‘zbekistonda O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan tabiiy shifobaxsh ichimlik ishlab chiqarilmoqda. 

Foto: Aloe Health

Aloe Health – toza aloe vera o‘simligining sharbatidan tayyorlangan tabiiy ichimlik. Endilikda mazkur ichimlik nafaqat dasturxonimizga ko‘rk bag‘ishlaydi, balki organizmingiz uchun bir necha foydali minerallarni ham ulashadi. 

Shuningdek, nahorgi osh marosimlari uchun ham ajoyib tanlov bo‘la oladi. 

Aloe vera sharbatidan tayyorlanuvchi ichimlik – sog‘lom turmush tarzini ustun qo‘yuvchi insonlar uchun tetiklashtiruvchi manbadir. 

Mo‘'jizaviy ichimlik ortiqcha toksinlarni chiqarib tashlaydi va organizmni tozalaydi. Hozir bu suvning bir necha foydali xususiyatlarini sanab o‘tamiz: 
•  Oshqozon-ichak trakti ishini yaxshilaydi;
•  Hazm qilish tizimini yengillashtiradi;
•  Ortiqcha vazn yig‘ishga yo‘l qo‘ymaydi;
•  Diareya, qabziyat, gaz yig‘ilishi muammolarini bartaraf etadi;
•  Insonni tetiklashtiradi va yaxshi kayfiyat ulashadi. 

Aloe Health ichimligini kunning ikkinchi yarmida ichsangiz, immunitet tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi: viruslar bilan kurashuvchi leykotsit va makrofaglar faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, ichimlik bosh og‘rig‘i va charchoqda ham yaxshi foyda beradi. 

Foto: Aloe Health
Foto: Aloe Health
Foto: Aloe Health

Bir so‘z bilan aytganda, Aloe Health dori bo‘lmasa ham insonning umumiy holatini tabiiy yo‘l bilan  yaxshilashga ko‘maklashuvchi shifobaxsh suvdir. 

Ma'lumot o‘rnida: Aloe Health ichimliklari Janubiy Koreya texnologiyasi asosida O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Narxi esa hamyonbop. Siz original aloe ta'mli ichimliklardan tashqari, mango, qulupnay, anor, ananas ta'mli ichimliklardan ham bahramand bo‘lishingiz mumkin. 

Shoshiling! Yangi va foydali ichimlikdan tatib ko‘ring.

Murojaat uchun telefon: +998 98 335 04 74

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid