Jahon | 21:23 / 17.01.2018
8248
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy muqobil energiya sohasida yetakchiga aylanmoqda

Xitoy tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishni davom ettirmoqda. Institute for Energy Economics and Financial Analysis’ning (IEEFA) yangi hisoboti Xitoy tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lishga qanchalik intilayotganini ko‘rsatmoqda. Hisobotda Xitoyning sof energiya ishlab chiqarish loyihalariga investitsiyalari 2017 yilda 44 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilgani aytilgan, bu esa 2016 yilgi 32 mlrd dollardan ancha ko‘proqdir.    

Hisobot muallifi Tim Baklining ta'kidlashicha, AQShning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan voz kechishi Xitoyning tiklanuvchi energiya manbalari jahon bozorida o‘sishining muhim omili bo‘ldi.

Biroq Xitoy shu bilan birga yoqilg‘ining yonuvchi turlaridan hali voz kecha olmagan. Xitoy hali ham ko‘mirga tayanadi. Chunki mamlakatning energiyaga ehtiyojlari juda ulkan. Biroq Xitoyda oxirgi yillarda qo‘llanuvchi energiya manbalari turi ancha ko‘paygan. Hozirda Xitoy zaxiralar sifatida nafaqat ko‘mirdan, balki gidroenergetika, shamol energetikasi, quyosh energiyasi, bioenergetika va boshqa tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanmoqda.  

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Xitoyda oxirgi o‘n yilliklarda energiyaning muqobil turlariga o‘tish darajasi o‘sgan bo‘lsa-da, mamlakat hali ham atrof-muhitning yuqori ifloslanish darajasini his qilmoqda. Oxirgi bir necha yil ichida mamlakat hukumati bu vaziyatni o‘zgartirish uchun jiddiy qadamlar qabul qildi, bu esa atmosferaga zararli moddalar chiqarilishi darajasini tartibga soluvchi yangi standartlarga mos kelmaydigan 40 foizgacha zavodlarning yopilishiga olib keldi.

Xalqaro energetika agentligi mutaxassislarining fikricha, Xitoyning ko‘mirga bog‘liqligi kamayib boradi, muqobil energiya loyihalariga investitsiyalari esa oshib boradi.

 

Mavzuga oid