Sport | 21:40 / 04.02.2018
12631
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik sportchi ko‘pkurash bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati

Yopiq inshootlarda Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi, uchinchi kunida o‘zbekistonlik Aleksandra Yurkevskaya ko‘pkurash bo‘yicha 3858 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi va terma jamoamizga yana bir medalni olib keldi. Yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati bu haqida KUN.UZ'ga xabar berdi. 

Tehronda yakunlangan Osiyo chempionatida ko‘pkurash bo‘yicha birinchi o‘rin 4038 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan eronlik sportchiga nasib etdi. Uchinchi pog‘ona esa 3730 ochko to‘plagan turkmanistonlik sportchi tomonidan band etildi. 

Bundan oldin KUN.UZ'da 1-3 fevral kunlari Eron poytaxtida bo‘lib o‘tgan Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ikki nafar hamyurtimizning oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida ma'lum qilingan edi. Xususan, Nadiya Dusanova balandlikka sakrash buyicha 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi, sportchimiz balandlikka sakrash bo‘yicha 1.87 m ko‘rsatkichni qayd etdi. Shuningdek Yelena Smolyanova yadro uloqtirish musobaqalarida eng yaxshi natijani (15.54 m) qayd etib, oltin medal sohibasiga aylandi. 

Mavzuga oid