Jahon | 09:16 / 21.02.2018
9666
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa-sanoat kompleksi sanksiyalar tufayli qanday yo‘qotishga uchragani aytildi

Foto: AFP 2018 / Alex Brandon

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Noyyertning brifingda ma'lum qilishicha, «Amerika dushmanlariga sanksiyalar orqali kurashish» qonuni doirasida Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli mamlakat mudofaa-sanoat kompleksi milliardlab dollarlik yo‘qotishga uchragan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bizning fikrcha, 3 mlrd dollardan ortiqroq miqdordagi tranzaksiyalarni to‘xtata oldik. Bunday bitimlarning to‘xtatilishi, aftidan, jazo sifatida qabul qilinadi. Nega? Chunki bu Rossiya byudjyetiga kamroq pul tushishini bildiradi. Shu tariqa, Rossiyani javobgarlikka tortish bo‘yicha muvaffaqiyat qozonildi, deb aytsa ham bo‘ladi», - degan Noyyert.

Shuningdek vakilning qayd etishicha, AQSh hukumati Rossiya bilan ishbilarmon aloqalarni, ayniqsa, mamlakat mudofaa-sanoat kompleksi bilan minimal darajaga qadar tushirish haqida bildirishnoma oldi. 

Mavzuga oid