Oliy harbiy bojxona institutida abituriyentlar tanlovi davom etmoqda
Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona institutiga 2018/2019-o‘quv yili uchun abituriyentlar tanlovi davom etmoqda!
Abituriyentlar tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2015 yil 5 martda 2659-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida amalga oshiriladi
Oliy harbiy bojxona institutiga kirish istagini bildirgan abituriyentlardan arizalar qabul qilish joriy yilning 1 fevralidan 1 aprelga qadar amalga oshiriladi.
Mazkur institutga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar doimiy yashash manzilidagi bojxona boshqarmalarining Kadrlar xizmatiga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023