O‘zbekiston | 15:50 / 30.03.2018
15021
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Jizzaxda qurilish materiallari korxonalarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahri Mustaqillik ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi. 

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bu yerda 10ta 7 qavatli uy barpo etilmoqda. Joriy yil Mustaqillik bayrami kunlari ushbu uylarning foydalanishga topshirilishi natijasida 420ta oila yangi uyli bo‘ladi. 

«Birgina bu emas. Hali oldinda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari talaygina. Sharof Rashidov tumani Uchtepa shaharchasida ko‘p qavatli, «Toqchilik» qishloq fuqarolar yig‘inida arzon uy-joylar qurish, Islom Karimov ko‘chasi bo‘yicha zamonaviy infratuzilma obektlari barpo etish, Toshkent va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan hudud qiyofasini o‘zgartirish, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash va boshqa loyihalar rejalashtirilgan», deyilgan xabarda. 

Davlat rahbari bu ishlarga zarur qurilish materiallarini viloyatning o‘zida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid