Yerevan markazida yuz bergan portlashda 8 kishi jarohat oldi
Armaniston poytaxti Yerevan markazida joylashgan restoranlardan birida portlash yuz berishi oqibatida 8 kishi jarohat oldi. Bu haqda Armaniston favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.
“Mahalliy vaqt bilan soat 20.44da Yerevandagi Shimoliy ko‘chasida portlash yuz bergani, jabrlanuvchilar borligi haqida xabar olindi”, deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, restoranda kislorod balloni portlagan.
Voqea joyida qutqaruvchilar, inqiroziy holatlar boshqarmasi milliy markazining tezkor guruhi ish olib borgan.
Portlashda Armanistonning 6 yosh, 8 yosh va 19 yoshli fuqarolari, Rossiyaning 3 nafar 15 yoshli fuqarosi va Eronning 2 nafar 24 yoshli fuqarosi jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilganlar.
Mavzuga oid
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
10:00 / 09.09.2024
Belgiyaning mashhur restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
08:11 / 01.08.2024
Rossiya chegarachilari Yerevan aeroportini rasman tark etdi
17:27 / 22.06.2024