17:10 / 04.04.2018
85562

«Qo‘shib yozish» uchun ishdan olingan Jizzaxning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Foto: Telegram / davletovuz

Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Ulug‘bek Yo‘ldoshevich Uzoqov tuman hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bergan.

Tumanning avvalgi hokimi Ibrohim Boltayevich Qarshiboyevning nima sababdan ishdan olingani va uning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

Muqaddam Vazirlar Mahkamasi departamentlaridan birini boshqargan Ulug‘bek Uzoqov 2016 yilning dekabrida Sayfiddin Ismoilov o‘rniga Jizzax viloyatiga hokim etib tayinlangandi. Bir yilga yaqin muddat viloyatni boshqargan Uzoqov 2017 yilning oktabr oyi oxirida paxta mavsumida hosil qo‘shib yozilishiga yo‘l qo‘ygani sababli ishdan olingandi.

Mavzuga oid
Top