Toşkent viloyati hokimi Şukrullo Boboyev va Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Uzoqov prezident tomonidan işdan olindi. «Kun.uz» manbalarining ma'lum qilişiça, bugun, 30 oktabr tongida boş vazir Abdulla Aripov iştirokida ötkazilgan videoselektorda uşbu hokimlar lavozimdan ozod etilgani haqida ma'lum qilingan.
Hokimlarning işdan olinişiga 2017 yilgi paxta mavsumida uşbu viloyatlarda hosil qöşib yozişga yöl qöyilgani sabab bölgan.
Xuddi şu sabab bilan Toşkent viloyati prokurori Jamşid Fayziyev hamda Jizzax viloyati prokurori Azimjon Ergaşev lavozimdan ozod etilgan.
«Kun.uz» manbasining ma'lumotiga köra, Toşkent viloyatida paxta hosili qöşib yozilişi 12 foiz bölgan. Ma'lumot uçun, Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xomaşyosi tayyorlaş töğrisidagi ma'lumotnomaga köra, 28 oktabr kuni Toşkent viloyatida paxta rejasi 82,98 foizni taşkil etayotgandi. Bu vaqtda Jizzax viloyatida körsatkiç 83,44 foiz edi. Bu viloyatda qança paxta qöşib yozilgani noma'lum.

Işdan böşatilgan hokimlar va prokurorlarning harakatlari yuzasidan suriştiruv işlari boşlangan.
Şuningdek, mavsumda paxta topşiriş rejasini birinçilardan bölib bajargan Xorazm viloyati hokimi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi rahbariga ham şu masalada e'tirozlar bildirilgan.
Endilikda, Toşkent viloyatiga Ğulomjon Inomoviç Ibragimov hokim vazifasini bajaruvçisi etib tayinlandi. U ötgan yilning dekabridan buyon boş vazir örinbosari edi (Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari).

Ergaş Alibekoviç Soliyev Jizzax viloyatining yangi rahbari böldi. Jizzax politexnika institutining sobiq rektori oxirgi yillarda Arnasoy tumani hokimi bölib işlayotgandi.
Eslatib ötamiz, uzoq yillar davomida Vazirlar Mahkamasi qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi masalalari axborot-tahlil departamenti boşliği sifatida faoliyat yuritib kelgan Uluğbek Uzoqov 2016 yilning dekabrida Jizzax viloyatiga hokim
















