Jizzax viloyatida törtta yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, bugun 2024 yil 8 iyun kuni M-39 avtomobil yölining Jizzax viloyati hududidan ötgan dovon qismida Toşkent-Samarqand yönalişida kelayotgan MAN yuk avtomobilida nosozlik kuzatilgan.
Şundan söng mazkur avtomobil boşqaruvni yöqotgan va avvaliga yöl çetida töxtab turgan yuk maşinasini, keyin yengil maşinalar ortib ketayotgan treylerni va yana bir yuk maşinasini urib yuborgan.
Hodisada haydovçilar va yölovçilar tan jarohatlari olmagan. Biroq yuk maşinalariga jiddiy ziyon yetgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda YTH iştirokçisi bölgan treylerga ortilgan Equinox, Tracker va Cobalt kabi yengil maşinalarga jiddiy zarar yetganini ham köriş mumkin.

Hodisa tufayli M-39 avtomobil yöli ma’lum muddatga yopilib katta tirbandlik hosil bölgan.
Qayd etilişiça, hozirda yölni oçiş va tirbandlikni bartaraf qiliş çoralari körilmoqda.












