Shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Toshkentda aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish borasida jahon tibbiyoti va ilm-fan tizimidagi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston olimlari va shifokorlari bilan bir qatorda Turkiyadan kelgan yetakchi mutaxassislar ham ishtirok etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir doirasida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori A.Xadjibayev va Turkiya shoshilinch tibbiy yordam vrachlari assotsiatsiyasi prezidenti, professor Bashar Jander hamkorlik bitimini imzolashdi.
Xalqaro anjumanda, shuningdek, aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida erishilayotgan ilmiy-amaliy yangiliklar, xususan, yurak va bosh miya qon-tomir kasalliklari, og‘ir shikastlanishlar, is gazidan zaharlanish holatlari, qandli diabet asoratlarida kelib chiqqan xastaliklarda bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar yuzasidan tajriba almashildi, mahorat darslari tashkil etildi.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024