Sport | 09:44 / 09.04.2018
9486
1 daqiqa o‘qiladi

Yerga qulaganida og‘ir jarohatlar olgan velopoygachi Golarts vafot etdi

Foto: Veranda's Willems

«Parij-Rube» poygasi vaqtida qulagan belgiyalik velopoygachi Mixel Golarts olgan jarohatlari tufayli shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. 

Golarts ishtirok etgan Veranda's Willems-Crelan jamoasi ma'lumotlariga ko‘ra, sportchi yuragi to‘xtab qolganidan so‘ng vafot etgan.

«U Lilldagi shifoxonada yaqinlari yonida hayotdan ko‘z yumdi. O‘limga yurak to‘xtab qolishi sabab bo‘lgan. Shifokorlar hech narsa qila olmadi», - deyiladi xabarda.

Belgiyalik poyga vaqtida qulab, yo‘l qoplamasiga qattiq urilgan. Voqea oqibatida unda yurak va nafas olish tizimi to‘xtab qolgan. Golartc hushidan ketgan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar brigadasi sportchiga darhol yordam berishga oshiqdi.

Foto: EPA-EFE/ETIENNE LAURENT

Shundan so‘ng u vertolyot yordamida Lill shahri shifoxonasiga olib ketildi.

Mavzuga oid