Saudiya Arabistonida 35 yillik taqiqlovdan keyin birinchi ochilgan kinoteatrda ilk bor ommaviy tarzda kinofilm namoyish qilindi. Shu tariqa qirollikda kinoteatrlar ishlashiga kiritilgan ko‘p yillik taqiqlovning amal qilishi to‘xtadi.
![](https://storage.kun.uz/source/TRINUNA/hdg7yu124578-1.jpg)
Ilk namoyish qilingan film AQSh kinoijodkorlarining “Qora pantera” sarguzasht filmi bo‘ldi va u Ar-Riyoddagi kinoteatrga aylantirilgan konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Filmni ham erkaklar, ham ayollar tomosha qilgani kelgan.
Saudiya Arabistonida kinoteatrlar 1980-yillarda taqiqlangan. Qirollikda yashovchilar kinofilmlar ko‘rish uchun qo‘shni Bahrayn va BAAga borishgan. Saudiya Arabistonidagi yagona ishlovchi kinoteatr ilmiy markazdagi Imax bo‘lib, unda ta'limiy filmlar namoyish qilingan.
![](https://storage.kun.uz/source/TRINUNA/hdg7yu124578-2.jpg)
![](https://storage.kun.uz/source/TRINUNA/hdg7yu124578-3.jpg)
![](https://storage.kun.uz/source/TRINUNA/hdg7yu124578-4.jpg)