Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya janubiy-sharqiy hududlarida ishlayotgan o‘zbekistonlik shifokorlar soni aytildi
O‘zbekiston elchisi Saudiya Arabistoni tibbiyot muassasalarida ishlayotgan bir guruh vatandosh shifokorlar bilan uchrashdi.
O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistonida tibbiyot sohasida ishlayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida Saudiyaning janubiy-sharqiy hududlarida salkam 20 nafar turli yo‘nalishlarda ixtisoslashgan o‘zbekistonlik shifokorlar ishlayotgani ma’lum qilindi. Mahalliy aholi o‘rtasida o‘zbek shifokorlariga talab yuqori. Shuningdek, tibbiyot sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun keng imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, O‘zbekistonda tibbiyot sohasi vakillarini tayyorlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan samarali tizim va ta’lim to‘lovlarining nisbatan arzonligini inobatga olgan holda mamlakatdagi ta’lim muassasalariga Saudiya Arabistoni yoshlarini jalb qilish imkoniyatlari xususida ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026