Jamiyat | 21:18 / 27.04.2018
18900
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda Markaziy Osiyoda yagona insulin dori vositalari zavodi ishga tushdi

“Zamin Bio Health” jamiyati Andijon tumanidagi Z.M. Bobur massivida Markaziy Osiyo davlatlarida yagona bo‘lgan, qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun insulin dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonani ishga tushirdi.

Korxonani bunyod etish ishlari 2016 yilda boshlangan edi. Bugungi kunga kelib, qurilish va ishlab chiqarish liniyalarini o‘rnatish to‘liq yakunlanib, korxona foydalanishga topshirildi.

Maskan chet eldan keltirilgan so‘nggi rusumdagi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu esa insulin dori vositasini bugungi kun talabidagi sifat bilan ishlab chiqarishga xizmat qiladi. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining moliyaviy ko‘magi asosida tashkil etilgan korxonada yiliga o‘rtacha 10 million flakon insulin dori vositasi tayyorlanadi. Ishlab chiqarilgan insulin dorilari nafaqat o‘z mamlakatimiz aholisi uchun sotiladi, balki qo‘shni davlatlarga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan. Mazkur korxonaning ishga tushishi natijasida 100 ta ish o‘rni yaratildi.

Keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov, “Trastbank” banki boshqaruvi raisi S. Normuxamedov, “Zamin Bio Health” jamiyati rahbarlari so‘z oldilar.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid