O‘zbekistonda mukofot jamg‘armasi 60 million so‘mdan ortiq blogerlar chempionati o‘tkazilmoqda
O‘zbekistonda blogerlar chempionati o‘tkazilishi haqda avval xabar berilgan edi. Ushbu chempionat 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqich uchun ijodiy ishlar 20 maygacha qabul qilinadi. Ikkinchi bosqich 22-31 mayda, final bosqichi esa 2-12 iyunda bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqaga maqolalar, blogpostlar, video-, foto- yoki audiobloglar bilan qatnashish mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, chempionat mukofot jamg‘armasi 60 million so‘mdan ortiq. U quyidagicha taqsimlanadi:
1-o‘rin (1 ta): 15 million so‘m.
2-o‘rin (2 ta): har biriga 8 million so‘mdan.
3-o‘rin (3 ta): har biriga 5 million so‘mdan.
Bundan tashqari, o‘ndan ziyod nominatsiya bo‘yicha mukofotlar ta'sis etilgan. Ularning g‘oliblari homiylar tomonidan noutbuk, televizor, planshet, smartfon bilan taqdirlanadi. Batafsil ma'lumot: BLOG.XABAR.UZ saytida.
Mavzuga oid
15:20 / 02.09.2024
Eronda tviti oyatullohning postidan ko‘proq layk olgan bloger 12 yilga qamaldi
10:37 / 10.08.2024
Putin blogerlarga Roskomnadzorga o‘zi haqida xabar berish majburiyatini yukladi
20:06 / 07.08.2024
Rossiyada sobiq harbiy xizmatchi Qurolli kuchlarni tanqid qilgani uchun qamoqqa olindi
08:01 / 30.07.2024