21:48 / 29.04.2018
6033

Saudiya Arabistonining davlat neft kompaniyasi direktorlar kengashiga ilk bor ayol kishi kirdi 

Foto: Sputnik.ru

Amerikalik Linn Elzenxans Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi tarixida uning direktorlar kengashiga kirgan ilk ayol kishi bo‘ldi.

Bundan avval AQShning Sunoco neft kompaniyasi bosh direktori lavozimini egallagan Elzenxans kompaniyaning direktorlar kengashi tarkibiga kirgan 5 nafar yangi a'zo qatorida aytilgan. Elzenxansdan tashqari, kompaniyaning direktorlar kengashiga qirollikning moliya vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Jad'an, iqtisodiyot va rejalashtirish vaziri Muhammad al-Tuvayjri, Chevron Phillips Chemical’ning sobiq bosh boshqaruvchisi Piter Sella va Dow Chemical direktori Endryu Liveris kirgan.

Ta'kidlanishicha, Elzenxansning bunday yuqori lavozimga tayinlanishi Saudiya Arabistoni va butun neft sanoati uchun kamdan-kam uchraydigan hol bo‘lgani sababli o‘ziga xos voqea bo‘ldi.

Top