Mamlakatning 10 ta hududiy aeroportidan töğridan töğri Toşkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farğona-Madina, Samarqand-Madina, Qarşi-Madina, Termiz-Madina, Urganç-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratçilar haj safariga kuzatiladi. Barça parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi.
Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça Respublika jamoatçilik kengaşi joriy mavsumga tayyorgarlik işlarini turli yönalişlarda jadal davom ettirmoqda. Jumladan, ziyoratçilarni tibbiy körikdan ötkaziş, emlaş, guruh rahbarlarini biriktiriş, safar oldi maşğulotlar ötkaziş, şifokorlar va oşpazlar guruhini jalb etiş hamda safar hujjatlarini rasmiylaştiriş işlari yakuniga yetkazilmoqda.
Şu kunlarda guruh rahbarlari ziyoratçilar bilan Haj arkonlari haqida suhbat qilmoqdalar. Har bir ziyoratçiga “Haj – buyuk ibodatdir” nomli qöllanma, sumka, nimça kabilar taqdim etilmoqda.
Uşbu mavsumga puxta tayyorgarlik işlarini amalga oşiriş maqsadida, dastlabki işçi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni kunlarda barça taşkiliy işlarni bajarmoqda.












