Jahon | 09:27 / 11.05.2018
6836
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonning yaxlitligi Qorabog‘ masalasi bo‘yicha muzokaralar mavzusi bo‘lmaydi – Aliyev 

Foto: Day.Az

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatning hududiy yaxlitligi Qorabog‘ ixtilofini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar mavzusi hisoblanmasligini aytdi.

Armanistonning yangi bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarboyjon rahbariyati bilan Qorabog‘ ixtilofini tartibga solish bo‘yicha muzokaralarni ularda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ ham ishtirok etish sharti bilan o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

“Bizning Tog‘li Qorabog‘ ixtilofi bo‘yicha qat'iy pozitsiyamiz o‘zgarishsiz qoladi. Ozarboyjonning hududiy yaxlitligi to‘liq va so‘zsiz ta'minlanishi lozim.  Adolat va xalqaro huquq buni talab qilmoqda. Tog‘li Qorabog‘ Ozarboyjonning ajralmas qismidir”, deb aytgan Aliyev o‘z otasi, Ozarboyjonning sobiq prezidenti, marhum Haydar Aliyev tavallud kunining 95 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda.   

Aliyev “Ozarboyjonning hududiy yaxlitligi muzokaralar mavzusi emasligini, hech qachon bo‘lmagani va bundan buyog‘iga ham bo‘lmasligini” ta'kidlab o‘tgan.

Qorabog‘ ixtilofi 1988 yilda Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyati Ozarboyjon hududidan chiqishini ma'lum qilgandan keyin boshlangan. 1991 yil sentabrda Tog‘li Qorabog‘ markazi Stepanakertda Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tashkil etilgani e'lon qilingan. Ozarboyjon hukumati keyingi yuz bergan harbiy ixtilofda Tog‘li Qorabog‘ ustidan nazoratni yo‘qotgan.

Mavzuga oid