Abramovich Britaniya vizasi muddati uzaytirilmagani sabab «Chelsi» g‘alabasini o‘tkazib yubordi
Roman Abramovichning Buyuk Britaniya vizasi muddati bir necha hafta ilgari tugagan, yangi viza esa hozircha berilmagan. Shu sababli kecha Abramovich Angliya kubogi finalida - uning «Chelsi» jamoasi «Manchester Yunayted» ustidan g‘alaba qozongan o‘yinda qatnasha olmadi. Ishbilarmon Britaniya vizasidan mahrum bo‘lgani haqida unga yaqin manbalar The Bell nashriga xabar bergan.
Manbada ta'kidlanishicha, Abramovichning avvalgi vizasi muddati tugaganiga 3 haftadan ko‘proq vaqt o‘tgan, yangisi esa hali berilmagan. Ishbilarmonning atrofidagi yana bir manbaga ko‘ra esa, yangi viza berish rasman rad etilmagan, Britaniya hukumati Abramovichning hujjatlarini ko‘rib chiqishda davom etmoqda.
Abramovichning vakili bu ma'lumotlarga izoh bermadi. Buyuk Britaniya hukumatining immigratsion nazorat uchun mas'ul Home Office departamenti vakillari vaziyatga izoh berishdan bosh tortishgan.
ADS-B Exchange bazasi ma'lumotlariga ko‘ra, Roman Abramovichning Boeing 767 samolyoti oxirgi marta Londonda 1 aprel kuni bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:50 / 04.09.2024
AQSh xorijlik talabalarga viza berish jarayonini soddalashtirdi
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
13:09 / 31.08.2024
O‘zbekistonliklar Koreyaga mavsumiy viza bo‘yicha ham ishga yuboriladi
12:25 / 19.08.2024