Holand atigi uçta aniq pas bilan ham öyin qahramoni böldi

«Çelsi» – «Mançester Siti» 0:2
Gollar: 0:1 – 18 Holand, 0:2 – 84 Kovaçiç.
«Çelsi» – Sançes, Kukurelya (Veyga, 80), Koluill, Fofana, Gyusto, Laviya (Dyuzberi-Xoll, 67), Kaysedo, Fernandes, Palmer, Nkunku (Netu, 58), Jyekson (Giu, 67).
«Mançester Siti» – Ederson, Gvardiol, Ruben Diaş, Akanji, Lyuis, Kovaçiç, Savio (Foden, 46), de Bryuyne, Bernardu Silva, Doku, Holand.
Ogohlantirişlar: Holand (66), Kaysedo (89).

«Siti» mavsum startiga yomon holatda yetib keldi. APLda ötgan mavsumning eng yaxşi Foden hali boşlanğiç tarkibda öynaşga tayyor emas, Angliya milliy jamoasi safida Yevroda qatnaşgan boşqa futbolçilar — Stounz va Uoker ham. Rodri esa öyin qaydnomasiga ham kiritilmadi — Yevro-2024 finalida jarohat olgan ispaniyalik yarimhimoyaçi hali «Siti» bilan biror maşğulot ötkazmadi. Mavsumoldi yiğinlari vaqtida barçaning e’tiborini öziga qaratgan Oskar Bobb esa mavsum starti arafasida jiddiy jarohat olib, uç-tört oyga safdan çiqdi. Natijada Pep Gvardiola maydon markaziga Kovaçiçni, hujum qanotlariga — Doku va Savioni joylaştirdi, lekin Doku öziga begona bölgan öng qanotda tuşdi.

«Çelsi»ning mavsumdagi birinçi öyin uçun tarkibini oldindan taxmin qiliş mumkin edi. Londonliklar bu yozda ham faol bölib, qator yangi futbolçilar sotib olgan bölsa-da, boşlanğiç tarkib asosan ötgan yil öynagan futbolçilardan iborat böldi. Faqat Sterling hatto zaxira örindiğidan ham joy olmagani biroz ajablantirdi. Holbuki u ötgan mavsumda jamoaning uçinçi samarador futbolçisi bölgandi (barça turnirlar doirasida 10+8).
Uning vakillari ham bundan hayron ekanliklarini oçiq bildirişdi. OAV ma’lumotiga köra, Sterling Gallaher, Lukaku, Kepa, Çaloba kabi klub xayrlaşmoqçi bölgan futbolçilar qatoridan joy olgan. U katta ehtimol bilan «Yuve» hujumçisi Kiyezaga almaştiriladi.

Bu öyinda golni uzoq kutişga töğri kelmadi. Doku qanotdan uzatma berdi, Bernardu Silva töpga bir teginişda Holandga yönaltirdi, norvegiyalik töpurar esa barça himoyaçilardan özib ketib, yaqin masofadan darvozabonni doğda qoldirdi. U APLda «katta oltilik» vakillariga qarşi öyinlarda 22 gol urib ulgurdi.

«Çelsi» «Siti»ning goligaça ham, undan keyin ham oçiq futbol namoyiş etişga harakat qildi. Va «Çelsi»da vaziyatlar ham böldi. Mezbonlar uç marta penalti söraşdi, ammo har safar hakam vaziyatlarni fol deb topmadi. Savio Enso Fernandes bilan töqnaşuvda çindan qöpollik qilgandi, ammo bu jarima maydoni taşqarisida edi.