Fan-texnika | 12:20 / 21.05.2018
11947
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbektelekom» yangi rahbariyati UzPhone milliy messenjerini ishlab chiqishni muzlatib qo‘ydi

Foto: Spot

«O‘zbektelekom» yangi rahbariyati UzPhone milliy messenjerni ishlab chiqish ishlarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda fevral oyi oxirida kompaniya bosh direktori etib tayinlangan Farhod Ro‘ziyev xabar berdi, deb yozmoqda Spot.

«O‘zbektelekom»ning «Axborot tizimlari» filiali UzPhone mahalliy messenjerini ishlab chiqishni rejalashtirgandi. Keyinchalik yangi xizmatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - jahon analoglari (Telegram, Skype, Viber, WhatsApp) kabi trafikni u qadar ko‘p sarflamaslik ekanida bo‘lishi ma'lum qilingandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar ishlab topayotgan mablag‘ning bir qismini olish ham rejalashtirilgandi. Servisni Smart-TV va IP-telefoniya bilan integratsiya qilish rejalashtirildi. Kompaniyaning serverlari 1 millionga yaqin foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.

Ro‘ziyevning xabar berishicha, messenjer bo‘yicha ish «O‘zbektelekom», birinchi navbatda, telekommunikatsiya kompaniyasi ekani hamda unga infratuzilma, internet va aloqalarni rivojlantirishdagi muammolarni hal qilish kerakligi tufayli to‘xtatilgan.

«Men telekommunikatsiya operatori tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi muvaffaqiyatli bironta messenjerni bilmayman. Bu boshqa soha. Biz muqobil servislar bilan qanday qilib muvaffaqiyatli raqobatlashish va bu loyihani bizning abonentlar bazasiga o‘tkazishimiz mumkinligini ko‘rmayapmiz», - degan Ro‘ziyev.

Mavzuga oid