Jamiyat | 14:30 / 25.05.2018
53456
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda YPX inspektori hayotiga tajovuz qilindi, u vafot etdi

Foto: KUN.UZ

24 may kuni soat 12.05larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, “Damas” rusumli avtomashinasi haydovchi telefonda gaplashib boshqarib kelayotganligi sababli, shu yerda xizmat olib borayotgan Samarqand viloyati Yo‘l-patrul xizmati inspektori I.N. tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida to‘xtatilganida, haydovchi xodimning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirib, safdor I.N.ni qasddan urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. 

Natijada safdor I.N. jarohat olib kasalxonada vafot etgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida “Damas” rusumli avtomashinaning egasi S.Sh. ekanligi aniqlanib ushlangan.

Mavzuga oid