Jahon | 11:13 / 26.05.2018
6503
1 daqiqa o‘qiladi
Turkmanistonda Berdimuhamedovning kitobi asosida asarlar yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qilindi
23 may kuni «Neytralnyy Turkmenistan» gazetasida mamlakat madaniyat sohasi vakillari uchun prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning kitobi asosida asarlar yaratish bo‘yicha tanlov haqida e'lon berildi.
«Turkmaniston - Buyuk Ipak yo‘lining yuragi» kitobidagi afsonalar, hikoyalar, ertaklar asosida yaratiladigan asarlar tanloviga kinorejissyorlar, ssenariy mualliflari, fotosuratchilar, shoirlar o‘z ishlarini taqdim etishi mumkin», - deyiladi xabarda.
Ishlar 20 noyabrgacha qabul qilinadi. Tanlov yakunlari dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida e'lon qilinadi va g‘oliblarni taqdirlash marosim o‘tkaziladi, deya xabar berdi Turkmaniston xronikasi agentligi.
Mavzuga oid
13:35
«Arkadag» qatorasiga ikkinchi yil ochko yo‘qotmasdan Turkmaniston chempioni bo‘ldi
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
12:12 / 28.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
17:24 / 15.08.2024