O‘zbekiston | 18:12 / 02.06.2018
7128
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ayollar ijtimoiy moslashuv markazlari tashkil etilyapti

Foto: O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi

O‘zbekistonda ayollar ilk ijtimoiy moslashuv markazlari paydo bo‘ldi. Bunday markazlarni tashkil etish haqida O‘zbekiston prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z yuritilgandi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Namangan va Sirdaryo viloyatlarining barcha tumanlari va shaharlarida “Ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi” ish boshlagan. 

Bu markaz birinchi navbatda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni me'yoriy hayotga qaytarib, ularning farzandlariga ijtimoiy-psixologik, tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatadigan, bir so‘z bilan aytganda farzandlarimiz qalbida yashashga intilish, ishonch tuyg‘ularini yanada bo‘y cho‘zishi, ertangi kuniga umid bilan qarashga moslashtiruvchi maskan hisoblanadi.

Mazkur ayollar moslashuv markazlari yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid