Ona va bola salomatligi markazining hududiy filiallarida qanday tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi?

Xavf omillari aniqlangan ayollar tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi, davolanadi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yo‘naltiriladi.
Prezident qaroriga muvofiq yangi tashkil etiladigan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy filiallarida qator xizmatlar ko‘rsatiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bunda, xavf omillari aniqlangan ayollar tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi, davolanadi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, filiallarda quyidagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:
- nikohlanuvchilar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda chaqaloqlarni molekulyar tibbiy-genetik tekshiruvlar o‘tkazish;
- irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
- sog‘lom oilani rejalashtirish hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Respublika perinatal markazi:
- erta tug‘uruq xavfi bo‘lgan homiladorlarga, shuningdek, muddatiga yetmasdan (22-28 haftalik) tug‘ilgan chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi;
- alohida tibbiy ko‘rsatmalarga asosan homiladorlar va chaqaloqlarga markazning hududiy filiallarida konsultativ yordam beradi hamda zarur hollarda ularga tibbiy statsionar yordam ko‘rsatadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi

14:43 / 19.03.2025