10:20 / 04.06.2018
4005

Pompeo va Janubiy Koreya TIV rahbari Tramp - Kim Chen In uchrashuvini muhokama qildi

Foto: Ryonxap

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gen Xva telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr almashgan.

Ta'kidlanishicha, tomonlar Koreya yarim oroli yadrosizlanishiga erishish uchun yo‘llarni birgalikda o‘rganishga ham kelishib oldi.

Shu bilan birga, Pompeo Kan Gen Xvaga KXDR vakilining Oq uyga tashrifi haqida ma'lumot bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRda harbiy rahbariyat ishdan olingandi.

Mavzuga oid
Top