AQŞda 27 iyun, payşanba kuni 5 noyabr kuni bölib ötadigan prezidentlik saylovi oldidan prezident Jo Bayden va Oq uy sobiq rahbari Donald Tramp örtasidagi ilk teledebat bölib ötdi. Siyosatçilar Jorjiya ştati Atlanta şahridagi CNN studiyasida uçraşdi.

AQŞ iqtisodiyotidagi vaziyat

Televizion duel AQŞ iqtisodiyotidagi vaziyatni muhokama qiliş bilan boşlandi. Tramp va Bayden inflatsiya, iş örinlari va soliq siyosati böyiça fikr almaşdi. Oq uy rahbari öz prezidentligining iqtisodiy muvaffaqiyati deb hisoblagan omillarni sanab ötdi hamda «hali qilinişi kerak bölgan işlar köp»ligini qöşimça qildi. Inflatsiya Qöşma Ştatlarni «öldirmoqda», dedi bunga javoban Tramp.

Şu bilan birga, CNN xabariga köra, may oyida iste’mol narxlari 2023 yilning şu davriga nisbatan 3,3 foizga oşdi, inflatsiya 9,1 foizga yetdi. 

Putinning Ukrainaga qöygan talablari haqida 

Immigratsiya va abortni taqiqlaş böyiça fikr almaşgandan söng, raqiblar moderatorlar taşabbusi bilan taşqi siyosat kun tartibiga ötişdi. 

Avvaliga Ukrainadagi uruş muhokama qilindi. Dana Baş debat iştirokçilaridan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan öt oçişni töxtatiş şartlarini maqbul deb hisoblaysizmi, deb söradi. Boşlovçi öz savolini ikki marta takrorlaşga majbur böldi, çunki siyosatçilarning birinçi javobi uni unçalik qoniqtirmadi.

Tramp Baydenni Ukrainadagi uruşda ayblab, «agar bizda yetakçi bölganida» keng kölamli hujum heç qaçon sodir bölmasdi, dedi. «Bu heç qaçon boşlanmasligi kerak bölgan uruş», deb ta’kidladi sobiq prezident va Bayden davrida Kiyevga «200 milliard dollar yoki undan köproq» mablağ ajratilganini da’vo qildi. «Bu juda köp pul», deya qöşimça qildi u. Putinning talablarini maqbul deb hisoblaysizmi, degan savolga Tramp: «Yöq, ularni qabul qilib bölmaydi», deb javob berdi.

Prezident Bayden, öz navbatida, Rossiya rahbarini «harbiy jinoyatçi» deb atadi. «Unga butun Ukraina kerak», dedi u. Oq uy rahbari Putin bu bilan töxtab qolmaydi, degan fikrni bildirdi. «Sizningça, Polşa bilan nima böladi?» - dedi u uruş NATO mamlakatlariga tarqalişi mumkinligidan xavotirda ekanini ta’kidlab. 

Ğazo sektoridagi vaziyat böyiça munozara