O‘zbekiston | 16:20 / 11.06.2018
13310
2 daqiqa o‘qiladi

Innovatsiya vazirligi Qoraqalpog‘istonda tuz bo‘roni oqibatlarini bartaraf etishga kirishdi

Innovatsion rivojlanish vazirligi 26 may kuni kuzatilgan tuz bo‘roni oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida  navbatdagi amaliyotni Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga  oshirdi.  

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi 

Vazirlik xodimlari va mutaxassislaridan iborat guruh fermerlarni Xo‘jayli tumanidagi amaliy seminarga taklif etdi. 150 dan ortiq fermerlar ishtirok etgan mazkur tadbirda, bioorganik kimyo instituti tomonidan taqdim etilgan Biosolvent va DAG-1 preparatlarini qanday ishlatish, ta'sir muddati va shu bilan bog‘liq jarayonlar haqida ma'lumot berildi. Shundan so‘ng, mutaxassislar tuzdan zarar ko‘rgan hududlardan biriga tashrif buyurishdi. Bu yerda tuproq va ekinlardan namuna olinib, o‘rganish uchun laboratoriyaga yuborishdi. Maqsad, tuproq va o‘simliklar tarkibini o‘rganish va mabodo yana shunday holat takrorlangudek bo‘lsa, tez ta'sir etuvchi va tabiiy ofat yetkazadigan zararni oldini olishga tayyor turish. Shuningdek, maxsus texnika yordamida preparatlar zarar ko‘rgan yerlarga sepildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi 

Bundan avval Innovatsiya vazirligi ishchi guruhi ayni ishni Xorazm viloyatida amalga oshirgan  edi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra,  iyun oyining boshida ushbu preparatlar sepilgan dalalarda bugungi kunda tuproq tarkibi zararli tuzlardan tozalangan va g‘o‘za g‘unchalari yiriklashgan.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi 
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi 
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi 
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi 

Innovatsiya vazirligi maxsus ko‘chma laboratoriya tashkil etib muntazam ravishda hudud tuproqlarining tarkibini o‘rganishni maqsad qilmoqda. Ma'lumot uchun, shu yilning mart oyida ham tuz bo‘roni ko‘tarilgan va ekinlarga zarar yetkazilgandi. 

Mavzuga oid