Sport | 19:07 / 17.06.2018
13275
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Kunning birinchi o‘yini taqdirini yagona gol hal qildi

Serbiya JCh-2018 guruh bosqichi doirasida Kosta-Rikaga qarshi kechgan birinchi tur uchrashuvini o‘z foydasiga hal qildi. Samaradagi «Samara Arena» stadionida kechgan uchrashuv serblarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning 56-daqiqasida Aleksandar Kolarov jarima zarbasini a'lo darajada ijro etib, to‘pni raqib darvozasi to‘qqizligiga joyladi.

Guruhning ikkinchi o‘yini — Braziliya va Shveytsariya o‘rtasida bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

JCh-2018 guruh bosqichi ikkinchi turida Serbiya Kaliningradda Shveytsariyaga qarshi o‘ynaydi, Kosta-Rika Sankt-Peterburgda Braziliya bilan hisob-kitob qiladi. Ikki uchrashuv ham 22 iyun kuniga belgilangan.

JCh-2018
E guruhi
Kosta-Rika – Serbiya 0:1
(0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 56 Kolarov.
Kosta-Rika – Navas, Gonsales, Duarte, Kalvo, Akosta, Venegas (Bolanos, 60), Borxes, Ruis, Gusman (Kolindres, 73), Gamboa, Urenya (Kempbell, 67).
Serbiya – Stoykovich, Milenkovich, Kolarov, Ivanovich, Toshich, Milinkovich-Savich, Matich, Tadich (Rukavina, 83), Milivoyevich, Lyayich (Kostich, 70), Mitrovich (Priyovich, 90).
Ogohlantirishlar: Kalvo (22), Gusman (56), Ivanovich (59).

Mavzuga oid