Jahon | 08:25 / 21.06.2018
6474
9 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga qo‘shimchalar kiritildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013 yil 4 oktabrdagi 272-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013 yil 4 oktabrdagi 272-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatiga, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga” so‘zlari bilan almashtirildi.

1-ilovada:

a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilindi:

“2. Davlat yong‘in nazorati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi”.

b) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

yong‘in nazorati bo‘yicha davlat inspektori - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsi;

yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish - davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolarning yongin xavfsizligi talablarini bajarishlari yuzasidan davlat yongin nazorati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat shakli va aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish choralarini ko‘rish”;

v) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;

g) 5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shildi:

“Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;

d) 8-bandda:

birinchi xatboshidagi "Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining” so‘zlari chiqarib tashlandi;

to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“tumanlar (shaharlar) yongin xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari)”;

beshinchi xatboshiga “guruhlar” so‘zidan keyin “alohida postlar” so‘zlari qo‘shildi;

oltinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

ye) 9 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi;

j) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“11. Quyidagilar Davlat yong‘in nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori - Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i;

O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari - Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari - Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan mansabdor shaxslar ro‘yxatiga muvofiq Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan xodimlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarning o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari - tegishli ravishda yong‘in xavfsizligi boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongin va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari - yong‘in xavfsizligi boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan mansabdor shaxslar ro‘yxatiga muvofiq yong‘in xavfsizligi boshqarmalarining davlat yong‘in nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan xodimlari;

tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha katta davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari - tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari)ning va o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, alohida postlari)ning boshliqlari hamda ularning yong‘in nazorati va profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosarlari;

tumanlar (shaharlar)ning yongin nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari - tumanlar (shaharlar)ning yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari)ning katta inspektorlari, inspektorlari, kichik inspektorlari;

o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari - o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlardagi kasbiy yong‘in xavfsizligi bo‘limlar (bo‘linmalar) boshliqlari va ularning yong‘in nazorati va profilaktikasi bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, alohida postlari, guruhlari)ning katta inspektorlari, inspektorlari, kichik inspektorlari”;

z) 12-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shildi:

“qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashda va xizmatlarni sertifikatlashda ishtirok etish”;

i) 13-bandda;

birinchi banddagi “transportdagi va jazoni ijro etish muassasalaridagi” so‘zlari chiqarib tashlandi;

o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

k) 14-bandda:

birinchi xatboshidagi “transportdagi va jazoni ijro etish muassasalaridagi” so‘zlari chiqarib tashlandi;

uchinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

to‘rtinchi - sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi - yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi;

beshinchi xatboshiga “shuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish” so‘zlari qo‘shildi;

l) 15 va 16-bandlardagi “hamda transportdagi” so‘zlari chiqarib tashlandi;

m) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“19. Davlat yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli obektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

O‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obektlarda o‘z faoliyatini shartnoma asosida amalga oshiruvchi davlat yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tekshirishlar ushbu obektlarning ma'muriyati bilan tuzilgan shartnomalar talablariga muvofiq o‘tkaziladi”.

n) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilindi:

“20. Binodan, inshootdan, alohida ishlab chiqarishdan, ishlab chiqarish uchastkasidan, alohida xonadan, asbob-uskunalardan, agregatlardan foydalanishni to‘xtatib turish haqidagi qaror obekt rahbariga taqdim etiladi hamda u bunday qaror qabul qilinishi uchun asos bo‘lgan buzilishlar to‘liq bartaraf etilgungacha amalda bo‘ladi”.

o) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“22. Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish maqsadida materiallar ushbu Nizomning 13, 14, 16 va 20-bandlarida nazarda tutilgan tegishli choralar (faoliyatni to‘xtatib turishga tegishli) qo‘llanilgandan keyin davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan sudga beriladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan choralar faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha qo‘llaniladi”;

p) 28-banddagi “Milliy xavfsizlik xizmatining” so‘zlari “Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining” so‘zlari bilan almashtirildi.

Mavzuga oid