Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zenergoinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini nazorat qiluvchi idora Energetika vazirligi tarkibidan chiqariladi.
«Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi («O‘zenergoinspeksiya») Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Oldin ushbu idora Energetika vazirligi tarkibiga kirgan.
«O‘zenergoinspeksiya» yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
«O‘zenergoinspeksiya»ga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
- energiya samaradorligi bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
- yillik energiya iste’moli 500 tonna shartli yoqilg‘idan yuqori bo‘lgan barcha sanoat korxonalarida energiya iste’molini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;
- sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;
- energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy o‘lchov laboratoriyalari bo‘yicha minimal talablarni belgilash.
«O‘zenergoinspeksiya»ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
08:29 / 03.07.2026
Kelajak energetikasi: SMR texnologiyasida qaysi davlatlar peshqadam?
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:25 / 02.07.2026
“Quyoshli xonadon”larga aprel–may oylari uchun subsidiya to‘lab berildi
09:15 / 01.07.2026