O‘zbekiston | 07:21 / 30.06.2018
7423
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishning asosiy prinsiplari belgilandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan quyidagilar bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy prinsiplari etib belgilandi:

boj tariflarining tartibga solish funksiyalarini iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning qo‘shilgan qiymat global zanjiriga uyg‘un integratsiyalashuvga yo‘naltirilgan ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda kuchaytirish;

tashqi iqtisodiy faoliyatni tarif jihatdan tartibga solish tizimini ilg‘or xorijiy tajribani, xalqaro prinsiplar va normalarni inobatga olgan holda takomillashtirish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilarni respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoxud yetarli bo‘lmagan hajmda ishlab chiqariladigan hamda eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va materiallar bilan ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalarni olib kirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlashni saqlash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qayta jihozlash, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini yanada jadallashtirish;

bojxona rasmiylashtiruvi chog‘ida turi, maqsadi, xususiyati va tarkibi bo‘yicha o‘xshash, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi bo‘yicha yaqin bo‘lgan tovarlarni bojxona to‘lovlarining pastroq stavkalari qo‘llaniladigan pozitsiyaga tasniflash holatlarini bartaraf etish maqsadida ushbu tovarlarga bojxona to‘lovlari stavkalarini unifikatsiya qilish;

aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalarini unifikatsiya qilish, uni inson sog‘lig‘i va atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan tovarlarga nisbatan qo‘llash.

Mavzuga oid