Qoraqalpoğistonda joylaşgan “Dovut-ota” çegara bojxona postidan noqonuniy olib ötilayotgan pnevmatik qurollar va öqlar foş etilgan. Bu haqda respublika bojxona boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, “Dovut-ota” çegara bojxona posti orqali Rossiyadan kirib kelgan kurerlik jönatmalari bojxona körigidan ötkazilganida yölovçi tomonidan 4,5 mm pnevmatik töpponça, tozalaş uçun möljallangan anjom, 2 dona gazballon, 2 dona öqdon va 700 dona pnevmatik qurol uçun öqlarni heç qanday hujjatlarsiz olib kelinayotgani aniqlangan.
Bundan taşqari, qöşni davlatdan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaroning qöl yuklaridan 1 dona gazballonli töpponça, 11 dona gazballon, 1 dona öqdon, 1 dona pnevmatik töpponça uçun ğilof va 2000 dona pnevmatik töpponça uçun temir şarikli öqlar borligi ma’lum bölgan.
Şuningdek, transport vositasining oldi tomonidagi örindiqlar orasiga vazni salkam 3 kg bölgan ov miltiği öqining kapsulalarini xufiyona tarzda yaşirib olib ötişga uriniş holatlari foş etilgan.













