Seulga yashil yo‘lak orqali patron olib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
“Toshkent” xalqaro aeroportida Seulga parvozi oldidan fuqaro K.T. bojxonadan "yashil" yo‘lak orqali o‘tar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Shundan so‘ng, unga tegishli bo‘lgan sumka rentgen apparati orqali nazoratdan o‘tkazilganda, unda 2 dona patron yashirilganligi aniqlandi.
5,45 mm. va 7,62 mm. kalibrli patronlar bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilinmagan ekan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan kontrabanda, ya'ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, portlovchi moddalar, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Mavzuga oid
14:40 / 30.10.2024
Kiyev va Seul KXDRga qarshi turish uchun aloqalarni faollashtirmoqda
08:50 / 22.10.2024
OAV: Seul Ukrainaga razvedka xodimlarini yuborishi mumkin
10:51 / 22.07.2024
Seul KXDRni yana chiqindi sharlarini uchirishda aybladi
10:18 / 25.01.2024