Light | 01:39 / 01.08.2018
11024
8 daqiqa o‘qiladi

Kreslolar evolyutsiyasi: ofis o‘rindiqlari qanday rivojlantirilgan edi?

Qadimgi Misr davridan boshlab odamlar yumushlarni o‘tirgan holda bajarishning yaxshiroq yo‘llarini topishga qiziqishardi. Arxitektor va dizaynerlar o‘n yillar davomida ofisda uzoq o‘tirishning kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida ergonomik yechimlar o‘ylab topishdi. Quartz nashriyoti ofis kreslolarining evolyutsiyasi haqida gapirib berdi va ofis mebellari sanoati haqida bir necha faktlarni to‘pladi.

 

Raqamlarga nazar

83 foiz: 1950 yildan keyin AQShda kam harakatlanadigan kasblarning o‘sishi.

84 milliard dollar: 2021 yilga kelib ofis mebelining taxmin qilinayotgan narxi.

1 570 dollar: “Betmen Supermenga qarshi” filmidagi Betmenning Anthro 904BK ultra-texnologik kreslosining narxi.

38 000 funt (49 600 dollar): Elysium-R eng qimmat kreslosining narxi.

12000: Apple kompaniyasining yangi shtab-kvartirasidagi ishchilar o‘rnining soni. Jonatan Ayv shaxsan o‘zi ofis uchun Vitra Pacific kreslolarini tanlagan.

113 kg: O‘rtacha ofis kreslosi ko‘tara oladigan maksimal vazn.

54 foiz: Yaxshiroq ergonomik ofis kreslolarini istaydigan amerikalik xodimlar ko‘rsatkichi.

2.2 million dollar: Kresloda o‘tirgan vaqtida yumshoq o‘rindig‘i sinsa, o‘sha odam 2003 yilda suddan yana shuncha undirishi mumkin edi.

86 foiz: Buyuk Britaniyada yaroqsiz deya hisobdan chiqarilgan ofis kreslolari ko‘rsatkichi. Ular yoki material uchun olib ketiladi yoki har yili poligonlarga tashlanadi.

 

Tarix

Miloddan avvalgi 1900 yil: Misrda 12-sulolaga tegishli bo‘lgan, oldinga biroz egilgan kreslolarning rasmlari va haykallari kuzatilgan. Olimlar egilish burchagining boshqarilishi hunarmandlarga o‘z faoliyatlarini bajarishda yordam berganini ta'kidlashmoqda.

1840-yillar: Charlz Darvin o‘z kreslosiga rolikli cho‘yan oyoqlarni laboratoriya bo‘ylab tezroq harakatlanish maqsadida mahkamladi. Tarixchilar Darvin tomonidan o‘ylab topilgan kashfiyot ilk g‘ildirakli kreslo ekanini ta'kidlashmoqda.

1851 yil: Londondagi Butunjahon ko‘rgazmasida hozirgi zamonaviy ofislardagi ko‘rinishga ega hashamdor ofis o‘rindiqlari paydo bo‘ldi. Unda o‘tirib ishlaydigan xodim uchun qulaylikni ta'minlovchi barcha narsa bor edi: balandlikni boshqarish, suyanchiqning egilishi, 360 gradusga aylanish va albatta g‘ildiraklar. Kreslo aqlbovar qilmas darajada qulay edi. Viktorian davrida noqulay stulda o‘tirish nafislik va iroda belgisi bo‘lgan.

1904 yil: Frank Lloyd Rayt mashinistkalar uchun chiroyli, biroq barqaror bo‘lmagan ofis kreslosini loyihalashtirdi. Kotibalar uni tez orada “suiqasd kreslosi” deb atadilar, chunki u tez-tez yiqilardi.

1925 yil: “Sog‘lom” ofis o‘rindiqlariga “mukkasidan ketish” boshlandi. AQSh armiyasining sobiq askari tomonidan ishlab chiqilgan Do/More kreslosi samaradorlikni oshirib, o‘tirgan odam salomatligini yaxshilash – aynan “bavosil, buyrak muammolari, ich qotish va noto‘g‘ri gavda bilan bog‘liq boshqa kasalliklarning oldini olishga va'da bergan”, - deydi Daily Herald nashriyoti.

1954 yil: Charlz va ReyImes «PACC» kreslolarini namoyish etishdi. Plastikli yorqin o‘rindiq zerikarli ofislarga rang-baranglik baxsh etdi.

Foto: Vitra

1976 yil: Dizaynerlar ergonomikani maftunkor bo‘lishiga erishdilar. Emilio Ambas va Jankarlo Peretti ularning o‘rindiqlari o‘tirgan odam kresloni his qilmasligini istashdi.

1994 yil: German Miller Aeron kreslosini namoyish etdi. U 90-yillar oxiridagi texnologik portlash emblemasi va zamonaviy ofis o‘rindiqlari namunasiga aylandi. Kreslo unga o‘tirgan odamga osonlik bilan moslashadi  - o‘rindiq uning tanasi shaklini takrorlaydi va odam o‘rnidan turib ketganida o‘zining ilk holatiga qaytadi. Bu tijoriy muvaffaqiyat edi.

2007 yil: Staples Donald Tramp bilan hamkorlikda yog‘ochdan tayyorlangan ofis kreslolari to‘plamini ishlab chiqarishdi.

Foto: Getty Images

2013 yil: Neutral Posture «Guardian Chair» (ing. – kreslo-tansoqchi)ni taqdim etdi. Mazkur ergonomik kreslo o‘q o‘tkazmas nimcha bilan jihozlangan bo‘lib, o‘quvchilarni o‘qlardan himoya qiladi. Ishlab chiqarish «Sendi-Xuk» boshlang‘ich maktabidagi otishmadan keyin tezlashtirib yuborildi.

2018 yil: Mebel ishlab chiqarish sohasidagi yirik Steelcase kompaniyasi SILQ o‘rindig‘ini namoyish etdi. Ushbu ofis kreslosi – o‘tirgan odamning harakatiga bir zumda pedallarsiz moslashadi. Bu  Aeron’dan o‘zib ketish uchun qilingan harakat.

2019 yil: kelasi yili IKEAUbik’ni chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu personallashtirilgan ergonomik kreslo odatdagidan ko‘proq o‘tirgan holatdagilar, masalan kompyuter oldida uzluksiz 20 soat o‘tiradiganlar uchun mo‘ljallangan. Kompaniya 3D skanerlashtirish texnologiyasidan foydalanib, bo‘lajak xaridorning biometrik ma'lumotlarini raqamlashtiradi, keyin esa uning tanasi uchun ideal darajada mos keladigan o‘rindiqni chop etadi.

 

Kreslolar iyerarxiyasining rivoji va inqirozlari

Barcha Aeron o‘rindiqlarining ergonomik qulayligi haqida gapiradi, biroq ular ofislar tashqi ko‘rinishining demokratlashtirilishida qanday o‘rin tutgani ko‘pchilikka ma'lum emas.

Foto: Quartz

1990-yillarga qadar ofis kreslolari iyerarxiyani belgilagan: suyanchig‘i baland qimmatbaho kreslolar direktorlar uchun ishlangan, qo‘l qo‘yish uchun maxsus joyga ega bo‘lganlari o‘rta rahbarlar qatori, oddiy kreslolar – xodimlar uchun tayyorlangan. “Aeron” kreslolari an'anaviy korporativ iyerarxiyani rad etdi”, - deydi arxitektura bo‘yicha professor Vitold Rybchinskiy.

Kresloda o‘tirish turli mamlakatlarda farqlanadi

Kreslolarning dizayn va funksiyasi madaniy normalar bilan chambarchas bog‘liq, deb hisoblaydi sanoat dizayneri Martin Portrikus. Masalan, amerikaliklar orqaga suyanishni xush ko‘rishadi. Shuning uchun AQSh uchun katta burchakka egilish imkoniyatiga ega kreslolar ishlab chiqariladi. Yaponiyaliklar aksincha ko‘pincha kreslolarning oldingi qisminigina egallaydilar.

 

Qiziq fakt

2016 yilda Yaponiyaning Nissan  kompaniyasi “mustaqil to‘xtash funksiyasiga ega aqlli kreslolar” tizimini taqdim etdi. Okamura kreslosi bir qarsak bilan egasining ish stoliga borardi (Buning bari Nissan kompaniyasining mustaqil to‘xtaydigan avtomobillari uchun marketing kampaniyasining bir qismi edi).

Ishlash joyi uyga o‘xshaydi

Yillar o‘tishi  bilan yuzlab ofis kreslolarini sinash va tahlil qilish orqali Djonatan Olivares “Ofis kreslolari taksonomiyasi” kitobida ularsiz yashashga tayyor ekanini aytgan. Ergonomik modellar o‘rniga los-anjyeleslik sanoat dizayneri suyanchiqsiz stullardan foydalanyapti.

“Bunday stullarda deyarli ikki soat o‘tirish qulay, mening bitta ish sessiyam aynan shuncha davom etadi”, - deydi Olivares Akille Kastiloni tomonidan loyihalashtirilgan Mezzadro stuli haqida.

“Ofis kreslolaridan foydalanishni bas qilishimizni juda istayman. Yangi ish joyining seriyalari paydo bo‘lmoqda. Divanlar ularga qaraganda muhimroq”, - deydi Olivares.

Mebel ishlab chiqaruvchilarining Olivaresga javoblari bor. O‘tgan yili Steelcase uy uchun mebellar sotish bilan shug‘ullanadigan West Elm bilan birgalikda mehmonxona uchun mebelga o‘xshaydigan ofis mebelini yaratdi. To‘plam “uydagi qulaylik hissini zamonaviy ofis hududiga olib kirish”ga intilmoqda.

“Tanamiz vertikal holatda bo‘lganida va harakatlanganida yoki yotgan holda yaxshi ishlaydi...Salomatlik bilan muammolarning ko‘pchiligi o‘tirishning ikkinchi darajali ta'siri sanaladi”, - deydi sanoat dizayneri Nils Diffrint.

Mavzuga oid