00:05 / 02.08.2018
6242

Eron prezidentiga iqtisodiy masalalar bo‘yicha hisobot berishi uchun bir oy muhlat berildi

Foto: Mehr

Eron parlamenti mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyga hukumatning iqtisodiy masalalarni hal etish bo‘yicha faoliyati borasida hisobot berishi uchun bir oy muhlat berdi, deb xabar qildi Mehr agentligi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, parlament prezidentdan ko‘p yillik iqtisodiy retsessiya, bank sohasidagi sanksiyalarning uzaytirilishi, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan keskin pasayishi hamda hukumatning mahsulotlar narxini nazorat qila olmasligi va ishsizlik darajasini pasaytirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hisobot so‘raydi.

Avvalroq Eron parlamentchilari Ruhoniydan iqtisodiy masalalarga mas'ul bir necha vazirlarning iste'fosini talab qilgandi. Prezident ma'muriyati hukumat tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirilishini bildirgandi.

Mavzuga oid
Top