Birinçi turda Islohotçilar qanotidan yagona nomzod, etnik ozarboyjon Mas’ud Pezeşkiyon 42,5, konservatorlar qanotidan nomzod Said Jaliliy esa 38,5 foiz ovoz jamğargan.

Saylovda iştirok etgan yana ikki nomzod — Muhammad Baqir Ğolibof va Mustafo Purmuhammadiyga saylovçilarning kamroq qismi ovoz berişgan.

Eron Içki işlar vazirligining saylov ştabi mamlakatning 9-prezidentini aniqlovçi 14-saylov mamlakat içida 59 mingdan ziyod, yana xorijdagi 95 ta davlatlardagi saylov uçastkalarida ötgan 14-prezidentlik saylovlari ğolibi endi ikkinçi turda aniqlanişini e’lon qildi.

Saylovning ikkinçi turi 5 iyul juma kuni ötkaziladi. Unda Mas’ud Pezeşkiyon va Said Jaliliy ğoliblik uçun kuraşadi. Saylovçilarning oddiy köpçilik ovozini jamğargan nomzod Eronning 9-prezidenti deb e’lon qilinadi.