Jamiyat | 15:47 / 04.08.2018
7154
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda qudasiga temir bo‘lagi bilan jarohat yetkazgan shaxs ushlandi

Foto: KUN.UZ

Samarqand tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

2 avgust kuni Rajabamin mahallasida yashovchi O‘.R. uyida o‘zaro janjal sabab shu mahallada yashovchi qudasi M.N.ning boshiga temir bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan. 

Natijada M.N. kasalxonaga yotqizilib, O‘.R. ushlangan.

Mavzuga oid