Qibray tumanida 35 yoşli ayol IIB “yasagan” jinoyatning qurboni böldi. Iş “judayam sayoz va protsessual normalarga mutlaqo zid olib borilgani”, uni körgan sudya esa “osmonga qarab” hukm çiqargani oqibatida boquvçisiz bir oila parokanda qilindi. Bu notöğri işlar ortidan umri yetimlik va sarsonlikda ötgan ayolning qismati farzandlarida ham takrorlanmoqda: otasiz bolalar onasiz ham qolişdi.

“Men bolamni sotmadim”

2024 yilning 29 mart kuni Qibray tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan Zulxumor özining yaşaş xonadonida “2014 yilda tuğilgan qiz farzandini 2 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, şundan 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida” uşlangan. Ayolning 2011 yilda tuğilgan nogiron öğli ham bölgan.

Zulxumor sud majlisida farzandini sotiş niyati bölmaganligini, uni boqiş uçun öziga töq oilaga beriş niyati bölganligini aytgan.

“Öğlim nogiron, oilada yolğiz boquvçiman. Farzandlarimni internet tarmoğida va Toşkent şahridagi Çorsu bozorida kiyim-keçak sotiş orqali boqib kelganman. Özim qandli diabet kasalligiga çalinganman. Şuningdek, buyragimning ham bir qismi işlamaydi. Şu sababli, oğir mehnat bilan şuğullana olmayman.

Farzandlarimni boqişga qiynalganim tufayli qizimni farzandga muhtoj, öziga töq oilaga berişni rejalaştirgandim. Uni sotiş maqsadim bölmagan”, degan u.

Sud hujjatida keltirilişiça, “xaridorlar” bir neça bor pul taklif qilib, uni bolasini sotişga dalolat qilgan. Hatto tadbir uyuştirilgan öşa kuni ham ayol bolasini sotmasligini aytgan. Ammo oxir-oqibat baribir “rezultat” uçun jinoyat işi “yasalgan”.

Tergovning nohaqligidan kuygan Zulxumor sudning adolatsizligini ham körişga majbur böladi: jinoyat işlari böyiça Qibray tuman sudining 2024 yil 26 iyundagi hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Ayolga nisbatan 8 yil (!) ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Yetimlik va sarsardonlikda ötgan umr

Zudxumorning singlisi şunday hikoya qiladi:

“Men 1 yoş, opam 3 yoş paytimizda otam vafot etgan. Qiyinçilikda katta böldik. Heç kim hatto amakilarim ham bizga qaraşişmagan. Onam sut-qatiq sotib bizni boqardi, sumkalari oğirligidan biri qöyib, birini kötarib bozorga borardi.

Opamni 19 yoşida turmuşga uzatişdi. Quda tomonning yoşi katta bemor yaqini töy körib qolsin deb şoşilinçda ötkazişdi. Keyin bilsak poççamda xastalik bor ekan. 8 oy yaşagan opam homilador holida uyga qaytib keldi. Oradan bir neça oy ötib öğil kördi – unga Diyorbek deb ism qöydik. Bola aqli zaiflik bilan tuğilgan edi.

Qarindoşlar, amakilarim hatto onam ham bolani mehribonlik uyiga berib yuboriş kerakligini aytişdi. Ular bolaning aqli zaifligi otasidan ötgan deyişardi. Lekin opamning közi qiymadi farzandini berişga, özi katta qildi.

Vaqt ötib bola sal kattaroq bölganda onam “mendan keyin yolğiz qolma” deb yana turmuşga berdi. Afsus, bu turmuşi ham öxşamadi. 2-turmuşidan bir qiz tuğilgandi. Lekin otasi bolaga hatto familiyasini ham bermadi”.

2-turmuşi ham öxşamagan Zulxumor ikki farzandini xuddi onasi kabi sut qatiq sotib özi boqişga harakat qiladi. Ammo qandli diabetning oğir turi bilan xastalangan onasining ham vafotidan keyin qarindoşlari bu ölimda uni ayblaşadi. Bu ayblov uning ikki marta öxşamagan turmuşi, nogiron farzand bilan yaşayotgani tufayli edi.

Onasining vafotidan keyin u yerda yaşaşi qiyin bölgan Zulxumor uyni arzon garov – 30 mlnga sotadi. Örniga uy olişni reja qiladi, ammo özidagi qandli diabet, nogiron farzandining parvarişi, uyning ijara tölovi sabab pullar işlatilib ketadi. Pullari tugagandan keyin oilaning yaşaş tarzi yanada oğirlaşadi.

Bir kuni singilga IIBdan telefon böladi. Ular opasi Zulxumor 10 yoşli qizini 2000 AQŞ dollariga sotayotgan paytda qölga olinganini aytişadi.

Hozirda Zulxumor qamoqda. Biri nogiron, biri 10 yaşar bolalari esa mehribonlik uyida. Singlisi esa 13 yoşli nogiron farzandini nogironlar uyiga topşirişni istamagan opasi bunday işni qilişiga işonmaydi.

“Bu uyuştirilgan hodisa”

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov buni “yasama” jinoyat deb atadi:

“Jamiyatimiz huquqşunoslari Zulxumor Abdurahimovaga oid jinoyat işini körib çiqişdi. Iş judayam sayoz, protsessual normalarga mutlaqo zid olib borilgan. Huquqni muhofaza qiliş idoralari örtasida göyoki özlarini işlayotganday qilib körsatiş avj oldi. Holbuki ular şunday yasama jinoyatlar bilan şuğullangani sababli katta-katta jinoyatçilarga navbat ham kelayotgani yöq.

Buning yasamaligi şundan iboratki, birinçidan huquqni muhofaza qiliş idoralari mulyaj pullardan foydalanişgan. Ikkinçidan ayolning yaşaş şaroiti inobatga olinmagan, uçinçidan esa bu hodisaning uyuştirilganligi. Eng muhimi şu”.

Taşanov bu işda yollanma odamlardan foydalaniş ehtimoli borligini ta’kidladi.

“Jinoyat işi notöğri malakalangan, hattoki guruh-guruh qizlarni xorijga jönatayotganlargayam bunaqa jazo berilmagan. 8 yil jazo muddati berilyapti – bir bolasi nogiron, özi kasal. IIB idoralarining göyoki “oçgan” jinoyatlaridan keyingi holatni tasavvur qiling. Otasiz bolalar onasiz ham qolişyapti, bu juda ayançli manzarani keltirib çiqaryapti.

Öylaymizki, tegişli idoralar bu işni sal insof qilib iş böyiça adolatli töxtamga kelişadi” dedi jamiyat raisi.

Albatta, har qanday jinoyat jazosiz qolmasligi kerak. Ammo Zulxumor singari himoyaga muhtoj insonlarning “yasama jinoyatçi”ga aylantiriliş holatlari ham uçrab turibdiki, bularga e’tibor qaratişni tegişli taşkilotlar zimmasida qoldiramiz.

Gulmira Toşniyozova,
jurnalist
Operator: Abduqodir Tölqinov