Harbiy sud raisi nomzodi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi majlislar zalida O‘zbekiston prezidentining topshirig‘i ijrosini ta'minlash yuzasidan kengaytirilgan tarzda videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Mudofaa vaziri Abdusalom Abdumavlyanovich Azizov ham ishtirok etdi.
Bildirilgan fikr-mulohazalardan keyin O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisligi uchun nomzod muhokama qilindi.
«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, Sadriddin Bavabekovich Eshanqulov Harbiy sud raisligiga tasdiqlanishi uchun rozilik berilgan. Endi bu nomzod Sudyalar oliy kengashi tomonidan O‘zbekiston prezidentiga lavozimga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning mayida harbiy hay'at raisi Rahimjon Obidov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi Shoyunus G‘oziyev va uning o‘rinbosarlari qatorida lavozimdan ozod etilgan, shundan buyon bu lavozim bo‘sh qolayotgandi.