O‘zbekiston | 18:45 / 08.08.2018
20371
5 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi namunalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi namunalarini, shuningdek, ularni tayyorlash, ishlatish, saqlash va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i taraqqiyot va barqarorlikni ifoda etuvchi to‘q ko‘k rangli to‘g‘ri burchakli mato ko‘rinishiga ega.

Bayroqning uzunligi - 250 sm, eni - 125 sm.

Bayroq markazida Davlat bojxona organlarining farqlash belgisi tasvirlangan.

Masofasi:

bayroqning tepa va pastki chekkasidan farqlash belgisigacha - 9 sm;
bayroqning chap va o‘ng chekkasidan farqlash belgisigacha - 73,2 sm;

O‘lchami:

farqlash belgisining balandligi va eni-100,48 sm;
farqlash belgisi oq halqaning eni- 1,2 sm ;
farqlash belgisi yashil rangli doirasimon chizig‘ining eni- 7,5 sm ; farqlash belgisining «OZBEKISTON RESPUBLIKASI» va «DAVLAT BOJXONA XIZMATI» yozuvlarining hajmi-3,4 sm ; globus diametri-60 sm;
farqlash belgisi kartasining balandligi-33,1 sm, eni-50,7 sm; farqlash belgisining Merkuriy tayog‘i qanotlari eni-43,7 sm va tayoqning uzunligi - 48,7 sm;
farqlash belgisining sakkiz qirrali ikkita yulduzi diametri-5,4 sm;

Bayroq boshqa o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin, ammo hamma hollarda bayroqning eni uning uzunligiga nisbati 1:2ni tashkil etishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining farqlash mustahkamlik va doimiylikni ifoda etuvchi kumush rangli sakkiz qirrali shaklga ega bo‘lib, uning ichki qismida sakkiz qirralikdan oq rangli halqa bilan ajratilgan yashil rangdagi doirasimon chiziq bilan o‘ralgan kumush rangli globus tasvirlangan.

Doirasimon chiziqning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida «0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI», pastki qismida «DAVLAT BOJXONA XIZMATI» so‘zlari yozilgan. Yozuvlar sakkiz qirrali oltinsimon rangli ikkita yulduz bilan ajratilgan.

Globusning markazida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini birgalikda himoya qilishni va iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashni, shuningdek, jahonning barcha mamlakatlari bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash ma'nosini anglatuvchi bronza rangidagi O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tasvirlangan, uning markazida o‘tkir tigi bilan pastga qaragan vertikal holatdagi tilla rangli ikki tomonidan ilonlar bilan o‘ralgan qanotli tayyoq (Merkuriy tayog‘i) tasvirlangan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi bojxona organlarining rasmiy ramzlari hisoblanadi.

Bojxona organlarining bayrog‘i doimiy ravishda:

a) Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti;
Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi;
chegara bojxona postlarining ma'muriy binolarida;

b) Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti;
Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi majlislar zallarida;

v) Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi;
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshliqlari;
Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti boshlig‘i;
Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi direktori;
bojxona postlari boshliqlarining xizmat xonalarida;

g) Davlat bojxona qo‘mitasi muzeyi va bojxona organlarining ma'naviyat va ma'rifat xonalarida;

d) bojxona organlarining ixtiyoridagi daryo kemalarida ko‘tariladi.

Mavzuga oid