Erkinjon Turdimov Samarqand shahrida sayyor qabul o‘tkazdi
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi 54-umumiy o‘rta ta'lim maktabida shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda viloyatdagi mutasaddi idoralar, tegishli shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari ham qatnashdi.
Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, muammolarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi. Mutasaddi rahbarlarga muddati belgilangan holda qat'iy vazifa va topshiriqlar berildi. Murojaatlarning hal etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borilishi alohida ta'kidlandi.
— Ota-onamdan erta yetim qolganman, — deydi Samarqand shahri Damariq mahallasida yashovchi Shahzod Ahmatov. — Uy-joyga ehtiyojim bor. Shu masalada yordam murojaat kildim. Shu yerning o‘zida muammo ijobiy hal etildi. Menga kam ta'minlangan oilalar uchun qurilgan uy-joylardan biri beriladigan bo‘ldi.
Qabul davomida aholi tomonidan qishloqlarda maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etish, yo‘llarni ta'mirlash, toza ichimlik suv ta'minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta'minlash singari 220 ta masala yuzasidan murojaatlar tushdi.
Sayyor qabuldan so‘ng murojaatlarni hal etishga mas'ul etib belgilangan mutasaddilar aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida aholi uchun Samarqand shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarkada 59 ta korxona va tashkilot 2263 ta kvota va 716 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Mazkur yarmarkada 52 nafar fuqaro bilan mehnat shartnomalari tuzildi.
Sh.Shokirjonov, G‘.Abdusalomov,
Kun.uz muxbirlari
Mavzuga oid
18:10 / 28.08.2024
Samarqand viloyati hokimiga xitoylik maslahatchi tayinlandi
20:28 / 19.02.2024
«Bolaning otasi bilan g‘ururlanishi emas, ota-onaning o‘z farzandi bilan g‘ururlanishi muhimroq» - Erkinjon Turdimov
21:15 / 30.12.2023
Tajribasiz rahbarlar, tumanlararo elektropoyezd, shov-shuvli tunnel, jamoatchilikdan umid va shaxsiy hayot – Erkinjon Turdimov bilan suhbat
13:27 / 04.12.2023