Sport | 16:10 / 24.08.2018
15018
2 daqiqa o‘qiladi

Umumta'lim maktablari uchun shaxmat darsligi tasdiqlandi

Foto: Getty Images

9 avgust kuni Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, respublika umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bosqichma-bosqich shaxmat fani o‘qitiladi.

Sinov tariqasida 150ta umumiy o‘rta ta'lim maktablarida shaxmatga o‘qitish tashkil qilinadi.

Xalq ta'limi vazirligi va Shaxmat Federatsiyasi bilan hamkorlikda darslikni tasdiqlash bo‘yicha hamkorlik olib borildi.

«Kun.uz» muxbiri Shaxmat Federatsiyasi vakili Xalqaro press klubning «Maktab ta'limi: islohotlarning yangi bosqichidagi muhim o‘zgarishlar va muammolar tahlili» nomli sessiyasidagi so‘zlariga asoslanib xabar berishicha, Rustam Qosimjonovning 2013 yilda chop etilgan multimediaviy interaktiv «Shaxmat – sehrli olam» kitobi shaxmat darsligi deb belgilandi. Uning umumiy o‘quv hajmi 38 soatni tashkil etadi.

Shuningdek, shaxmat ta'limini yanada rivojlantirish maqsadida maktablar elektron doskalar bilan jihozlanadi.

Mavzuga oid