01:19 / 27.08.2018
5842

Bekobod shahrida kam ta'minlangan, nogiron va ehtiyojmand oilalar uy bilan ta'minlandi 

Toshkent  viloyatining Bekobod shahrida kam ta'minlangan, nogiron va ehtiyojmand oilalar uchun uy topshirish marosimi Mustaqillik bayrami bilan uyg‘unlikda chinakam shodiyonaga aylandi. Viloyat hokimligi vakillari shu haqida xabar berishdi. 

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

62 oilaga cheksiz quvonch va  shodlik ulashilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Respublika Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev, Toshkent viloyati hokimi, prokurori, IIB va DSI rahbariyati, Xalq qabulxonasi viloyat bo‘limi, shuningdek, "Nuroniy" jamg‘armasi va jamoatchilik tashkilotlari mas'ullari ishtirok etishdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Norboyeva yig‘ilganlarni Mustaqillikning 27 yillik ayyomi bilan muborakbod etar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning inson manfaatlari yulida olib borayotgan izchil islohotlari va  uy-joyga ehtiyojmand aholi uchun yaratayotgan imkoniyat va qulayliklarga to‘xtaldi. Shuningdek, bunday xayrli tadbirlar  davom etishi, yurtimizda oilalar farovonligini va mustahkamligini ta'minlash ustuvor vazifa ekani ta'kidlandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Uy kaliti, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alarni qabul qilib olayotgan har bir kishining nigohida minnatdorchilik va shukronalik tuyg‘usi, shodlik ko‘z yoshlari ko‘rindi.

Top