Bekobod şahri IIB binosida fuqaroning vafot etgani holati böyiça bir nafar IIB xodimi qamoqqa olingan. Buni Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov tasdiqladi.
Kun.uz’ga intervyu bergan marhumning akasi ukasini IIB xodimlari uning közi oldida kaltaklab öldirganini ta’kidlagan edi.
Aslida nima bölgandi?
Joriy yilning 19 iyun kuni Bekobod şahar IIB binosiga olib borilgan 43 yoşli erkak vafot etdi. Toşkent viloyati IIBB xabariga köra, 43 va 46 yoşli aka-uka qasddan badanga oğir şikast yetkazişda ayblanayotgan 33 yoşli ukasining sud majlisiga borgan. Ular ukasiga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanganidan norozi bölib, zalda janjal kötargan va jamoat tartibini buzgan.
Mazkur holatda jamoat tartibini tiklaş va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş uçun sud zaliga hududiy içki işlar bölimi xodimlari çaqirtirilgan. Yetib kelgan uç nafar IIB profilaktika inspektori tomonidan janjal bartaraf qilinib, huquqbuzarlik holati yuzasidan hujjatlarni rasmiylaştiriş maqsadida voqea iştirokçilari şahar IIB binosiga olib borilgan.
43 yaşar fuqaro Bekobod şahar IIB binosiga kiriş yölagida soğligi yomonlaşib, huşini yöqotgani, u şahar şifoxonasiga olib borilgani va körikdan ötkazilganda vafot etgani aniqlangani qayd etilgan.
“Köz öngimda kaltaklab öldirişdi”
Voqea iştirokçisi Dilmurod Yusupvaliyev Kun.uz’ga bergan intervyusida marhum ukasi IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani oqibatida vafot etganini aytgan.
“Bittasi mening ham şimimdan uşlab olgan. Yoş bola emasman, qöyib yubor, dedim. Içki işlar bölimiga birga ketdik. Darvozasidan kirişim bilan uçta xodim mening ham qölimni qayirib olib kirdi.
Ikkitasi ukamning qölini qayirib turdi. Bittasi dubinka bilan urdi, bittasi qorniga tepdi, yana bittasi orqasidan urdi. Keyin ukam yiqildi. Tez yordam çaqiringlar, mazam qoçyapti, dedi. Şu vaqtda meni ham urişdi, yiqildim. Tez yordam çaqiringlar, mazasi bölmayapti, dedim, şu payt bittasi dubinka bilan quloğimga urdi. Ukamni 5-6 kişi bölib yana urib tepa boşladi, hammasi yoş yigitlar ekan. Uçtasi oyoğining uçi bilan, bittasi oyoğining tagi bilan tepaverdi. “Nolovka” degan xonaning eşigi yonida urişdi”, degan u.








