Dunyodagi eng katta samolyot-amfibiya parvoz sinovlaridan o‘tkazildi
Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan, dunyodagi eng katta samolyot-amfibiya AG600 “Tszilun” Guandun viloyatidagi Chjuxay shahridan Xubey viloyatidagi Tszinmen shahriga sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Ta'kidlanishicha, samolyot endi suv sirtidagi sinovlardan o‘tishga tayyor.
Ma'lum qilinishicha, samolyot havoda 3 ta viloyat hududida ustidan uchib o‘tgan. Suv sirtidagi sinovlarning boshlanishi vaqti hali ma'lum qilinmagan.
Avvalroq samolyotni 2022 yilga kelib buyurtmachilarga yetkazib berish boshlanishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilingan.
Samolyot yong‘inlarni o‘chirish va suvda qutqaruv ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, samolyot dengizni, yo‘lovchi va yuk tashishlarni monitoring qilish va foydali qazilmalar konlarini qidirish uchun qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlanishi mumkin.
Samolyot 4 ta turbovint dvigatel bilan jihozlangan va bortiga 20 soniyada 12 tonna suv olishi mumkin. Samolyotning maksimal parvoz vazni 53,5 tonnani, korpusi uzunligi 39,3 metrni, qanotlari qulochi 38,8 metrni, maksimal uchish uzoqligi 4,5 ming kmni tashkil qiladi. Samolyot 50 nafar odamni tashiy oladi.
Samolyot loyihasi 2009 yilda ma'qullangan, uni qurish ishlari 2016 yil iyulda yakunlangan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023